Huawei 1
Nurafshon shahrida "Jurnalistlar bogʻi" tashkil etildi

Bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Nurafshon shahrida koʻchat ekish aksiyasi oʻtkazilib, "Jurnalistlar bogʻi" tashkil etildi.

Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Oʻrmon xoʻjaligi agentligi hamkorligida oʻtgan aksiyada 1000 nafarga yaqin jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari, norasmiy axborot agentliklari vakillari va blogerlar ishtirok etdi. Jumladan, "Uzreport" jamoasi ham ushbu aksiyada ishtirok etdi. 

Aksiya doirasida Nurafshon shahri stellasi atrofidagi koʻkalamzorlashtirish uchun moʻljallangan 6.8 gektar maydon jurnalist va blogerlar mehnati bilan obod etildi. Jarayonda hududning tuproq iqlim sharoitiga mos boʻlgan 6 ming 400 tup pavloniya, bagryanik, yasin va safora nihollari oʻtqazildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42005 | Инструменты