Nurafshonda Ikkinchi Jahon urushida 5 ta o‘g‘lini yo‘qotgan ona - Zulfiya Zokirova haykalini qurish uchun 28,4 mlrd so‘m ajratildi
Nurafshon shahrida Zulfiya Zokirova nomiga haykal majmuasini qurish va atrofini obodonlashtirish ishlari uchun 28,4 milliard so‘m ajratildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Davlat Hidoyatovning "Nurafshon shahrida Zulfiya Zakirova nomiga haykal majmuasi va zamonaviy kutubxona binosini qurish ishlariga mablag‘ ajratish to‘g‘risida" imzolagan farmonida so'z boradi.
Qarorga ko'ra, viloyat mahalliy byudjetining 2021 yil III chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan viloyat hokimligi huzuridagi “Toshkent viloyatida biznes markazlarini qurish direksiyasi” davlat unitar korxonasiga viloyat markazida olib boriladigan ishlar uchun jami 34 400 000,0 ming so‘m, jumladan:
- Nurafshon shahrida Zulfiya Zakirova nomiga haykal majmuasini qurish va atrofini obodonlashtirish ishlari uchun 28,4 milliard so‘m so‘m;
- “Nurafshon Business City” hududida zamonaviy kutubxona binosining qurilishi uchun 6 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
Ma’lumot uchun, Zulfiya Zokirova Ikkinchi Jahon urushida 5 ta o‘g‘lini yo‘qotgan ona hisoblanadi. Shuningdek, Zulfiya Zokirova taqdiri aks etgan “Ilhaq” filmi suratga olingan. Toshkentdagi g‘alaba bog‘ida ilk haykali o‘rnatilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82823 | Инструменты