O’quvchilar uchun “Turon” maktab teatri tanlovi e’lon qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xabar berdi.
G’olib bo’lgan maktab jamoasi xorijiy mamlakatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.
“Turon” maktab teatri” Respublika tanlovi maktablarning 7-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 3 bosqichda o'tkaziladi.
- Tuman (shahar) bosqichi — 1-6-aprel kunlari;
- Hududiy bosqich — 22-apreldan 4-maygacha;
- Respublika bosqichi — 2-5-iyun kunlari.
Tanlovda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro'yxatdan o'ting:
Tanlov Nizomi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31521 | Инструменты