Iqlim o‘zgarishi global muammoga aylanib ulgurdi. Uning taʼsiri mamlakatimizda ham sezilmoqda. O‘rmon resurslarini muhofaza qilish, yangi o‘rmonzorlar barpo etish hamda tabiiy ekotizimlarni saqlab qolish ushbu muammoning oqibatlarini yumshatishga yordam beradi. 22-fevral kuni Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokida “O‘rmon hududlarini ekologik tasniflash” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda 37 ta o‘rmon xo‘jaliklari, 5 ta Milliy tabiat bog‘i, 2 ta Ovchilik xo‘jaligi mutaxassislari, shuningdek davlat idoralari vakillari, xalqaro ekspertlar va ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Seminar-treningda so‘zga chiqqanlar iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda biologik xilma-xillikni saqlash va tuproq eroziyasining oldini olish muhim ekanligini taʼkidlashdi. Shuningdek, ekologik tasniflash asosida o‘rmon xo‘jaligini samarali boshqarish va bu jarayonda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Loyihalarni moliyalashtirish manbalarini aniqlash hamda sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ustuvor masalalardan hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda jahon banki bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan
Maʼlumot uchun joriy yilda “Yashil makon” va “Mening bog‘im” loyihalari doirasida 200 million tup daraxt va butalar ekiladi. Orol dengizi tubida 100 ming gektar “yashil maydon” barpo etiladi. shuningdek O‘rmonzorlar hududini 4,1 million gektarga yetkazish ham rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41813 | Инструменты