Huawei 1
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Dehqonobod dalalarini chigirtka bosgani aytilgan video eskiligini maʼlum qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida zararli chigirtka tarqalgani to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida tezkor o‘rganish olib borildi.

Eng avvalo, Telegram kanallarda aylanayotgan videorolik eski ekanligini ma’lum qilamiz. Hududlarda zararli chigirtka borligi haqiqat. Kunlik monitoring olib borilib, hasharot tarqalgan maydonlar aniqlanadi va tezkor kurash choralari ko‘riladi.

Biroq o‘rganishlar davomida Qashqadaryoning boshqa hududida Dehqonobod tumanining Oqrabot qishlog‘ida chigirtkalar bosqini qayd etilgani ma’lum bo‘ldi. Yangi aniqlangan o‘choqqa kuchlar safarbar etilib, qir-adirliklarda hasharot talafot yetkazilishining oldi olinadi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz chigirtkalarning rivojlanishi va tarqalishi uchun iqlim jihatidan qulay bo‘lib, chigirtkalarning tarixiy areali hisoblanadi. O‘zbekistonda 200 turdagi chigirtkalarni uchratish mumkin, ularning to‘da hosil qiluvchi 6-8 turiga qarshi har yili kurash tadbirlari olib boriladi. Sababi hasharotlar qishloq xo‘jaligi ekinlari, saksovulzorlar va yaylovlarga zarar yetkazishi xavfi mavjud.

2025 yilda 608,1 ming gektar maydonda kimyoviy kurash tadbirlari olib borilishi prognoz qilingan. Bu ko‘rsatgichlar iqlim o‘zgarishlari, yog‘ingarchilik, havo harorati pasayishi yoki aksincha ko‘tarilishiga qarab o‘zgarishi mumkin.

24 aprel holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha 26 ming 713 gektarda kimyoviy kurash olib borildi. Zararli chigirtkaga qarshi kimyoviy ishlovlar respublikamizning Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax,  Samarqand, Navoiy, Toshkent, Buxoro viloyatlarida davom etmoqda.

Mavsumni betalafot o‘tkazish uchun moddiy-texnik baza yaratilgan bo‘lib, yoqilg‘i, kimyoviy vositalar zaxirasi jamg‘arilgan. Jumladan,

- 42 ta yuqori unumli maxsus avtomashinalar
-  181 ta traktorlar
- 69 ta OVX-600
- 113 ta VP-1 purkagichlari
- 584 ta motorli qo‘l purkagichlari
- 28 ta suv tashuvchi transport vositalari (vodovoz),
- 61 ta motosikllar shay holatga keltirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42600 | Инструменты