Keyingi paytlarda respublika aholisi o‘rtasida umumiy ovqatlanish shaxobchalari, to‘yxonalar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shu jumladan uy sharoitida tayyorlangan, sifatsiz mahsulotlarini iste’mol qilish bilan bog‘liq guruhli ovqatdan zaharlanish va “Botulizm” kasalliklari qayd etilishi ortib bormoqda.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Atabekovning ta’kidlashicha joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida 39 ta holatda guruhli zaharlanish qayd etilib, ularda 414 nafar fuqarolar jabrlangan, jabrlanganlarning 86 nafari bolalardir.
Qayd etilgan ovqatdan zaharlanish holatlarining kelib chiqishi sabablari tahlil etilganda:
– aksariyat umumiy ovqatlanish obyektlari, nodavlat ta’lim muassasalari oshxonalari sanitariya qoida va me’yorlari talablariga mos kelmagan holda faoliyat yuritayotganligi;
-oshxonalarning jihozlar bilan to‘liq ta’minlanmagan va mavjudlari esa eskirgan yoki nosoz holatda ekanligi;
– taom tayyorlash uchun sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari ishlatilishi;
– umumiy ovqatlanish obyektlari oshpazlarining ko‘pchiligi soha bo‘yicha o‘qimaganligi, ularning taom tayyorlash texnologiyalarini, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish va realizatsiya qilish qoidalarini bilmasligi;
– aksariyat hollarda “Sanitariya minimumi” o‘quv kurslarida o‘qimagan, sanitariya qoida va me’yorlari, epidemiyaga qarshi elementar talablarni bilmaydigan, tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan xodimlar ishga jalb etilayotgani aniqlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11214 | Инструменты