Huawei 1
Isroil Suriyani bo‘lib olishni rejalashtirmoqda

Isroil Suriyani bo‘lib olishni rejalashtirmoqda. Bu reja Suriyadagi turli etnik guruhlar, jumladan, druzlar va kurdlarning xavfsizligi va huquqlarini taʼminlash bahonasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Energetika va infratuzilma vaziri Eli Koen bu taklifni xalqaro konferensiyada ko‘rib chiqishni taklif qildi. Biroq, Isroil bilan bog‘liq har qanday tashabbus Suriya ichida jiddiy qarshilikka duch kelishi mumkin.

2024 yil dekabr oyida Suriya prezidenti Bashar Asadning ag‘darilishi Isroilning Suriyani uchta blokqa bo‘lish rejasini muvaffaqiyatsizlikka uchratdi. Bu reja Eron va "Hizbulloh" bilan bog‘liqlikni uzish maqsadida ishlab chiqilgan edi. Isroil shimol-sharqda kurdlar va janubda druzlar bilan harbiy va strategik aloqalar o‘rnatishni, Damashqda esa Asadni Amirliklar mablag‘lari va nazorati ostida qoldirishni rejalashtirgan edi.

Shuningdek, bu reja Turkiyaning Suriyadagi taʼsirini shimol-g‘arbdagi Hayʼati Tahrir ash-Shom (HTS) va Turkiya qo‘llab-quvvatlagan isyonchi guruhlar hukmron bo‘lgan hududlar bilan cheklashni maqsad qilgan. 

Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar 2024 yil noyabr oyidagi nutqida Suriya va Livandagi kurdlar va druzlar bilan aloqalarni mustahkamlash zarurligini taʼkidlagan edi. Biroq, Suriya druzlarining yetakchisi shayx Hikmat al-Hijri Isroilning Suriyaga bostirib kirishini qoralagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11216 | Инструменты