Huawei 1
“O‘zavtosanoat” Damas zavodida ishlab chiqariladigan yangi avtomobil yuzasidan izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi Damas ko‘rinishi qanday bo‘lishi bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan “O‘zavtosanoat” izoh berdi.

“Yangi model maqsadli iste’molchilarning istak va ehtiyojlarini inobatga olgan holda tanlanadi. Ayni paytda texnik xususiyatlarning mahalliy foydalanish sharoitlariga mosligi, ishonchliligi va qulayligi bo‘yicha potensial avtomobil modellari o‘rganilmoqda”, deyiladi kompaniya xabarida.

Qayd etilishicha, yuqoridagi mezonlarga javob beradigan model aniqlanib, tasdiqlangach, ushbu model O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi haqidagi ma’lumotlar rasmiy axborot manbalarida e’lon qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida hozirda Damas va Labo ishlab chiqarilayotgan zavodda yangi rusumdagi avtomobil ishlab chiqarilishini aytgandi

“Bozorda katta talabga ega arzon avtomobil ishlab chiqarish boshlanadi”, degan edi davlat rahbari.

Avtomobil Yevro-5 ekologik standartiga javob beradi, 7 o‘rindiqqa ega bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51422 | Инструменты