O‘zbek futboli afsonalaridan biri Vladimir Shtern vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
U 1964-73 yillarda “Paxtakor” safida jami 242 uchrashuvda maydonga tushgan. Shuningdek, 20 yildan ortiqroq vaqt davomida “Paxtakor” futbol maktabini boshqargan.
Uzreport.news tahririyati marhumning vafoti munosabati bilan oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102901 | Инструменты