Huawei 1
O’zbek kinosining yetuk olimi Jo’ra Teshaboyev 90 yoshda vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, San’atshunoslik fanlari doktori, Professor, O‘zbek kinoshunosligi asoschilaridan biri Jo‘ra Teshaboyev 90 yoshida bu yorug‘ olamni tark etdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lumot uchun, Joʻra Teshaboyev  - kinoshunos olim edi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi(1989). Sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor (1991). Kiyev universitetini tugatgan (1956). 1956—1958 yillar Andijon maorif boʻlimida ishlagan. 1958— 60 yillar "Oʻzbekfilm"da muharrir. 

1960-yildan Sanʼatshunoslik institutida avval aspirant, ilmiy xodim, 1987-yildan kino va televideniye boʻlimining boshligʻi. 1968-yildan  Sanʼat institutida dars bergan. Asosiy ilmiy ishlari kino sanʼati nazariyasi va tarixiga oid masalalar, shuningdek, oʻzbek ekran sanʼati arboblari ijodiga bagʻishlangan.

Uzreport.news tahririyati marhumning yaqinlari, oila a’zolari va hamkasblariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90710 | Инструменты