Huawei 2
O‘zbek migrantlarini AQSHga olib kirgan transchegaraviy guruh ISHID bilan aloqadorlikda gumonlanmoqda

AQSH Ichki xavfsizlik departamenti mamlakatga 400 nafardan ortiq migrantlarni noqonuniy olib kirgan transchegaraviy guruhni ISHID bilan aloqadorlikda tekshirmoqda. Bu haqda departament bayonotiga asoslanib, CNN nashri xabar berdi.

Rasmiylar aytishicha, guruh mamlakatga terrorchilarni emas, balki migrantlarni olib kirish bilan shug‘ullanganini bildirgan. Biroq ushbu guruhga aloqador boshqa bir jinoiy uyushma o‘tgan yili yozda ISHID bilan aloqalari ortidan “qora ro‘yxat”ga tushgan. Bu esa aloqadorlarning ham gumondorlar ro‘yxatiga qo‘shilishiga olib kelgan. ISHID bilan aloqalari tekshirilayotgan guruh AQSHga 400 dan ortiq shaxsni olib kelgani tasdiqlangan. Fuqarolarning ko‘pchiligi Markaziy Osiyodan, xususan, O‘zbekistondan bo‘lgan.

AQSH Ichki xavfsizlik kotibi Alexandro Mayorkas chorshanba kuni jurnalistlarga departament faoliyati yuzasidan hisobot taqdim etgan. Unda tergov qilingan 400 dan ortiq shaxsning ISHID bilan aloqalari yuzasidan dalil topilmagani bildirilgan. Biroq ularni olib kelgan guruh terrorchi tashkilotga bilvosita yordam ko‘rsatgan bo‘lishi mumkinligi taʼkidlangan.

AQSHda so‘nggi bir oyda Tojikiston va O‘zbekiston kabi Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan muhojirlar ustidan tekshiruvlar kuchaygan. So‘nggi reydlarda 8 nafar Tojikiston fuqarosi terrorchi guruhlarga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olingan. Shtat rahbariyatlari O‘zbekiston fuqarolarining ham jinoiy guruhlar bilan aloqadorligini aniqlash bo‘yicha topshiriqlar bergan.

“O‘tgan yozda O‘zbekiston fuqarolari bilan bo‘lgan voqea, ISHIDning global tarmog‘i haqida hozir bilganimizni inobatga olsak, Markaziy Osiyo aholisi potensial xavotirga sabab bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi”, — deyilgan AQSH ichki xavfsizlik departamenti xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63007 | Инструменты