Huawei 1
O‘zbekiston aholisi soni 32,1 mln. kishidan iborat

O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2017 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 32,1 mln. kishini tashkil etib, 1991 yilga nisbatan 11,5 mln. kishiga, ya’ni 55,9 foizga o‘sgan.

O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarning tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, respublika aholisi 1926 yilda – 4,6 mln. kishi, 1939 yilda – 6,3 mln. kishi, 1959 yilda – 8,1 mln. kishi, 1970 yilda – 11,8 mln. kishi, 1979 yilda – 15,4 mln. kishi, 1989 yilda esa 19,8 mln. kishini tashkil etgan.

Respublika aholisining joylashuvi bo‘yicha 1926 yilda shahar aholisining jami aholi sonidagi ulushi – 21,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2017 yil 1 yanvar holatiga kelib – 50,6 foizni tashkil etgan.

Respublika aholisining millatlar taqsimoti tarkibida ham o‘zgarishlar kuzatilgan. 2017 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, Respublika aholisi tarkibida o‘zbeklar sonining jami aholi sonidagi ulushi – 83,8 foizni, qoraqalpoqlar - 2,2 foizni, ruslar – 2,3 foizni, tojiklar – 4,8 foizni, qozoqlar – 2,5 foizni, tatarlar – 0,6 foizni, ukrainlar – 0,2 foizni tashkil etgan.

Respublika aholisining yosh tarkibiga ko‘ra, 2017 yilda mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar (0-15 yoshdagilar) ulushi 30,1 foizni, mehnatga layoqatli yoshdagilar (erkaklar 16-59 yosh, ayollar 16-54 yosh) 60,5 foizni, mehnatga layoqatli yoshdan kattalar (erkaklar 60 yosh va undan katta, ayollar 55 yosh va undan katta) 9,4 foizni tashkil etgan.

2016 yilda 726,2 ming nafar bola tug‘ilganligi qayd etilgan. 2015 yilda esa Respublika tarixida eng ko‘p 734,1 ming nafar bolaning tug‘ilganligi qayd etilgan.

Respublikada 1991 yilda 130,3 ming kishi, 2001 yilda 132,5 ming kishi, 2011 yilda 143,3 ming kishi, 2016 yilda 154,8 ming kishi vafot etgan.

2017 yil 1 yanvar holatiga 168 ta tuman, 119 ta shahar, 1081 ta shaharcha, 1468 ta qishloq fuqarolar yig‘inlari, 10998 ta qishloq aholi punkti hamda 8207 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud.

Respublika hududi 448,97 ming kv.kmnt tashkil etib, 1 kv.kmga 71,5 kishi to‘g‘ri keladi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga