Huawei 1
O‘zbekiston elektron hukumat reytingida 63-o‘rinni egalladi

BMTning Ijtimoiy va iqtisodiy masalalar departamenti (UNDESA) tomonidan BMTga aʼzo 193 davlat elektron hukumatining rivojlantirish holatini taqdim etuvchi "UN E-Government Survey"ning 2024-yilgi natijalari "Barqaror Rivojlanish uchun Raqamli Transformatsiyani kuchaytirish” nomi ostida e'lon qilindi.

Avvalgi 2022-yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston mazkur reytingda 0,7265 qiymat bilan 69-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2024-yilda 0,7999 indeks hisobiga 6 pog‘onaga yuqorilab, 63-o‘ringa chiqdi.

O‘z navbatida, ilk marotaba O‘zbekiston baland elektron hukumatni rivojlantirish indeksi guruhidan (High EGDI) dan juda baland (Very High EGDI) guruhiga qo‘shildi.

Ushbu natija “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasining maqsadli ko'rsatkichlarida 2025-yil uchun belgilangan 0,75 qiymatdan ham oshdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92001 | Инструменты