Huawei 1
O‘zbekiston fuqarolari Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyadagi hamkor tashkilot tomonidan quyidagi talablarga mos keluvchi fuqarolar ishga taklif qilinadi.

Talablar:

− o'rta bo'g'in tibbiyot hamshirasi diplomiga ega;
− nemis tilini kamida B1 darajada bilish;
− kamida 1 yillik mehnat staji;
− 18-45 yosh.

Afzalliklari:

- ish haqi 2300-2700 yevro (brutto);
- haftada 5 ish kuni;
- yashash joyi topishga ko'mak;
- tibbiy sug‘urta;
- bajarilgan ish hajmiga qarab turli bonuslar.

Ro‘yxatdan o‘tish 

Tibbiyot sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun Ausbildung:

− tibbiyot va keksalarni parvarishlash sohasiga qiziqish;
− 11 yillik ta'limni yakunlagan bo'lish;
− nemis tilini B2 darajada bilish;
− 3 yillik kasbiy ta'limni yakunlab, belgilangan klinikada ishlash majburiyatini olish;
− yosh chegarasi 16-35 yosh.

Afzalliklari:

- stipendiya 1100-1400 yevro (brutto);
- haftada 6 kun o'qish va amaliyot;
- tibbiy sug‘urta;
- kasbiy ta'limdan keyin kafolatlangan ish joyi.

Ro‘yxatdan o‘tish 

Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты