Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 6-aprel kuni “Qozog‘iston Respublikasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro sayohat qilish shartlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi 2000-yil 7-iyuldagi bayonnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni imzoladi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lish muddati 5 kundan 30 kungacha uzaytiriladi. Qozog‘iston fuqarolari ham O‘zbekiston hududida shunday huquqqa ega bo‘ladi.
Bir tomon davlatining fuqarolari, doimiy yashash joyidan qat’i nazar, agar ularning bo‘lish muddati 30 kalendar kundan oshmasa, boshqa tomon davlati hududiga kirishi, chiqib ketishi, tranzit o‘tishi, harakatlanishi mumkin.
Ushbu tartib joriy etilishi haqida 2023-yilning oktyabrida ma’lum qilingandi. Bu tartib kuchga kirishi uchun ikki mamlakat tarafidan tegishli davlat ichki tartib-taomillari yakunlanishi talab etilishi bildirilgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122418 | Инструменты