Huawei 1
O‘zbekiston hunarmandchiligini turizm brendi sifatida targ‘ib etish bo‘yicha tanlov e’lon qilinmoqda

Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti va Rossiyaning Oliy iqtisodiyot maktabi "HSE CREATIVE OPEN: Hunarmandchilik brend sifatida" xalqaro tanlovini "Zamonaviy dizaynda O‘zbekiston Respublikasi madaniyati" yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazmoqda. Tanlovning maqsadi O‘zbekistonning nomoddiy madaniy merosini aks ettiruvchi va uning jahon turizmi uchun ahamiyatini ko‘rsatib beruvchi zamonaviy dizayn yechimlarini topishdan iborat.

Tanlov butun dunyo oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ochiq. Ishtirokchilarning vazifasi an’anaviy hunarmandchilik, musiqa, raqs va urf-odatlar unsurlarini zamonaviy dizaynga singdirgan loyihalarni yaratishdan iborat.  Bunday loyihalar O‘zbekistonga madaniy manzil sifatidagi qiziqishni sezilarli darajada kuchaytiradi va sayyohlik salohiyatini yoritishga yordam beradi.

Tanlovning mukofot jamg‘armasi birinchi o‘rin uchun 10 million so‘m, ikkinchi o‘rin uchun 7 million so‘m va uchinchi o‘rin uchun 5 million so‘mni tashkil etadi. Ishlar 20-maygacha qabul qilinadi, natijalar 24-may kuni e’lon qilinadi.   Tanlov talabalarga o‘zlarini namoyon etish va O‘zbekiston turizmini rivojlantirishga hissa qo‘shish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.

Batafsil ma’lumot olish uchun ushbu havolaga murojaat qiling. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50600 | Инструменты