18 aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Koreya elchisi Von Do Yon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, tomonlar mehnat migratsiyasi va O‘zbekiston fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.
Uchrashuvda Janubiy Koreya mehnat bozori uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va ishga jo‘nab ketishdan oldingi tayyorgarlik uchun yangi taʼlim tashabbuslarini yaratish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda viza talablarini soddalashtirish, shu jumladan, o‘zbekistonlik mavsumiy ishchilar uchun qulay imkoniyatlar yaratishga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar Koreyada mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42003 | Инструменты