O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 7 pog‘ona pastlab, 2022-yilda dunyoda 122-o‘rinni egalladi. Bu haqda internet tezligini o‘lchash ishlari bilan shug‘ullanuvchi Speedtest Global Index xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu reytingda 141 mamlakatdagi internet tezliklari solishtirilgan.
Bu mamlakatlar orasida Qatar eng tez mobil internetga ega deb topilgan. Undan so‘ng, BAA va Novegiya davlatlari o‘rin olgan.
Shuningdek, O‘zbekistonga qo‘shni bo‘lgan Qozog‘iston 5 pog‘ona pastlab, 95-o‘rindan, Qirg‘iziston 3 pog‘ona pastlab, 100-o‘rindan, Tojikiston 1 pog‘ona pastlab, 137-o‘rindan, Afg‘oniston esa 1 pog‘ona yuqorilab, ro‘yxatning eng so‘nggi o‘rnidan joy olgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13021 | Инструменты