O‘zbekiston mol go‘shti ko‘p isteʼmol qilinadigan mamlakatlar reytingida 6-o‘rinni egalladi

BMT oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning har bir fuqarosi yiliga o‘rtacha 31,6 kilogramm mol go‘shti isteʼmol qiladi.

Demak, har bir O‘zbekiston fuqarosiga kuniga qariyb 86,5 gramm mol go‘shti to‘g‘ri keladi.  

Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston jahon reytingida oltinchi o‘rinni egalladi. Argentina, Zimbabve, AQSH, Avstraliya va Braziliya kabi davlatlar mamlakatdan oldinda joylashgan. Qo‘shni Qozog‘iston yetakchi o‘ntalikni yakunladi.  

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonda 2,8 mln tonna go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan.  

Go‘sht yetishtirish hajmi 2022 yil bilan solishtirilganda 3,9 foizga oshgan. Viloyatlar ichida Samarqand birinchi o‘rinni egallagan – 326 ming tonna.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72707 | Инструменты