Huawei 1
O‘zbekiston Qozog‘istondagi mehnat migrantlari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi

2024-yil 1-iyun holatiga, Qozog‘istonda berilgan ruxsatnomalar bilan 13,9 ming nafar chet el fuqarosi mehnat qilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, xorijiy migrantlarning asosiy qismi qurilish (4,4 ming), ma’muriy xizmat ko‘rsatish (1,6 ming), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi (1,8 ming), tog‘-kon sanoati (1,3 ming) va ishlab chiqarish (1,2 ming) sohalarida band.

Mehnat muhojirlarining asosiy qismi Xitoydan kelganlar (3,9 ming) hisoblanadi. Ikkinchi o‘rinda O‘zbekiston (1,9 ming), uchinchi o‘rinda Hindiston (1,1 ming) va undan keyin Turkiya (1,1 ming) turibdi.

Hozirda Qozog‘istonda 1789 ish beruvchi chet el ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnomalardan foydalanadi. Ularda 443,4 mingdan ortiq Qozog‘iston fuqarolari mehnat qilmoqda, bu umumiy xodimlar sonining 99,2%ini tashkil etadi.

Qozog‘iston ichki mehnat bozorini himoya qilish maqsadida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi har yili respublikaga chet ellik mutaxassislarni jalb qilish uchun kvota belgilaydi va taqsimlaydi.

2024-yilda umumiy kvota mamlakatda ishchi kuchiga nisbatan 0,23% yoki 22 ming birlik qilib belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63007 | Инструменты