O‘zbekiston suzish federatsiyasi mansabdor shaxslari suzish sporti uchun ajratilgan mablag‘dan foydalanib, terma jamoa aʼzosi bo‘lmagan 15 nafar fuqaroni Turkiyaga dam olishga jo‘natdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Dam olishga jo‘natilgan fuqarolar federatsiyasi bosh kotibi A.G.ning oila aʼzolari ekani aniqlandi. Shu bilan 405 million so‘m mablag‘ talon-toroj qilingan.
Shuningdek, amalda o‘tilmagan o‘quv - mashg‘ulot yig‘inlar uchun soxta buyruqlar asosida 458 mln. so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilgan.
Bundan tashqari, Federatsiyaga xalqaro musobaqa va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun homiylar tomonidan ajratilgan 1,2 mlrd. so‘m mablag‘lar maqsadsiz sarflanib, talon-toroj qilingan.
Hozirda nazorat choralari davom etmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11513 | Инструменты