Huawei 1
O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron va Turkiya xalqaro multimodal yo‘lagi tashkil etiladi

Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlar transport vazirlarining 12-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron va Turkiya transport sohasidagi manfaatdor vazirliklarining Osiyo va Yevropa o‘rtasida “O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya” xalqaro multimodal yo‘lagini shakllantirish bo‘yicha ko‘p tomonlama uchrashuvi Bayonnomasi imzolandi.

Hujjat bilan, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlaridan Yevropa Ittifoqi mamlakatlarigacha O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron, Turkiya hududlari orqali yuk tashishlarni tashkil etish belgilanmoqda.

Tomonlar raqobatbardosh tarif stavkalarini qo‘llash va mamlakatlar temir yo‘llarida yuk tashish uchun qulay sharoitlar yaratish hamda yo‘nalish bo‘ylab yuk tashishlarini tashkil etishda normativ-huquqiy va texnik standartlarni birxillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni hamkorlikda ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, mazkur yo‘lak ishtirokchi-davlatlari o‘rtasida transport sohasidagi bog‘liqlikni oshirish ham ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston orqali o‘tuvchi muqobil xalqaro transport yo‘laklarini shakllantirish bo‘yicha tadbirlar mamlakatning jahon transport-logistika tarmoqlariga integratsiyalashuvini chuqurlashtirish va tranzit salohiyatini oshirish bo‘yicha “O‘zbekiston — 2030” Strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты