Huawei 1
O‘zbekiston va Tojikiston OTM o‘rtasida 30 ga yaqin hujjat imzolandi

Bugun, 14-mart kuni Oʻzbekiston-Tojikiston rektorlar 1-forumi oʻz ishini boshladi. Bu haqda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi  matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Forum ishtirokchilari dastlab Tojikiston oliy ta’lim muassasalarining ilmiy va innovatsion sohadagi yutuqlari aks ettirilgan ko‘rgazma bilan tanishishdi. Forumning ochilish marosida ikki davlat vazirlik va idoralar masʼullari hamda oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Shuningdek, mazkur forumning yalpi majlisida ikki davlat OTM rektorlari hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi hamda yakuni bo‘yicha mamlakatlar oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida 30 ga yaqin bitim, anglashuv memoradumi va yo‘l xaritalari imzolandi. 

Qayd etilishicha, hujjatlarda Tojikiston oliy o‘quv yurtlari bilan kimyo texnologiya, energetika, mashinasozlik, sanoat texnologiyasi, biotexnologiya, irrigatsiya va suv resurslari, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, farmakologiya, farmatsevtika kabi sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunga qadar ikki davlat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlik boʻyicha 65 dan ortiq shartnoma va memorandum mavjud. Ayni paytda O'zbekistonning 5 ta oliy o‘quv yurtida ta’lim tojik tilida olib boriladigan maktab, litsey va oliy o‘quv yurtlari uchun kadrlar tayyorlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111315 | Инструменты