Huawei 1
Mask Trampni qo‘llab-quvvatlash uchun 200 mln dollar sarfladi – AP

SpaceX asoschisi Ilon Maskning siyosiy qo‘mitasi “America PAC” respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampni prezidentlik saylovlari kampaniyasida qo‘llab-quvvatlash uchun qariyb 200 million dollar sarfladi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Associated Press” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Maskning qo‘mitasi Trampni qo‘llab-quvvatlash uchun 200 million dollar sarflagan va bu milliarderlarning AQSHdagi saylovlarga ta’sir qilish imkoniyatlari bo‘yicha yangi mezon sifatida qayd etilgan. Tesla va SpaceX rahbari mablag‘larining katta qismi asosan kam ovoz beradigan yoki saylovda birinchi marta qatnashayotgan fuqarolarni jalb qilish uchun ajratilgan. O‘z o‘rnida, Tramp prezidentlik poygasida Maskning yordamiga yuqori baho bergan.

Nashrga ko‘ra, Mask yillar davomida siyosiy faollikni oshirib, o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida muntazam ravishda AQSH siyosiy masalalariga munosabat bildirgan. Xususan, u demokratlar va respublikachilarni omma oldida tanqid qilib, hech bir partiyani qo‘llab-quvvatlamasligini aytgan. Biroq vaqt o‘tishi bilan uning qarashlari tobora o‘ngga og‘gan va joriy yil Mask ochiqchasiga respublikachilar partiyasini yoqlab, Trampni qo‘llab-quvvatlash uchun “America PAC” siyosiy qo‘mitasini tashkil etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111413 | Инструменты