Huawei 2
O‘zbekiston "Wikipediya"da o‘zbek tilidagi maqolalar soni bo‘yicha jahon reytingida 45-oʻrinni egalladi

O‘zbekiston haqida o‘zbek tilida yozilgan va "Wikipedia" internet ensiklopediyasiga yuklangan maqolalar soni 300 mingga yetdi. Bu koʻrsatkich bo‘yicha Oʻzbekistonga Markaziy Osiyo mintaqasida 1-oʻrinni, jahon reytingida esa 45-oʻrinni egalladi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonning tabiat, turizm, madaniyat, san’at, sport, iqtisodiyot, sanoat va boshqa sohalariga oid maqolalarni to‘ldirish bo‘yicha ishlar respublikaning barcha vazirlik va idoralari bilan hamkorlikda 2017-yildan boshlab amalga oshirilmoqda. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakat hukumati tomonidan tasdiqlangan “Internet tarmog‘ida milliy kontentni yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks dastur”da ko‘zda tutilgan.

"Wikipedia"ga O‘zbekistondagi tabiat obyektlari, turistik diqqatga sazovor joylar, amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirlar, tanlovlar, festivallar haqidagi ma’lumotlar va boshqa yangiliklar yuklandi.

Respublikamizdagi vazirlik va idoralar hamda ilmiy-tadqiqot markazlari mutaxassislari tomonidan mamlakatimiz haqidagi maqolalar yaratish uchun qiziqarli matnlar va fotomateriallar tayyorlandi. Wikipediyaga maʼlumotlarni joylash uchun mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlari faollari va talabalari orasidan koʻngillilar jalb qilindi.

Ta’kidlash joizki, mazkur reytinglarda erishilgan yuqori o‘rinlar O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini mustahkamlash, jahon hamjamiyatining e’tiborini mamlakatimizga qaratishga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga