Joriy yil o‘zbekistonlik tennischilarimiz uchun omadli yil bo‘ldi, deyish mumkin. Nufuzli musobaqalarda qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar va erishilgan g‘alabalar shular jumlasidandir. Binobarin, sport dunyo hamjamiyatida mamlakatimiz obro‘yini yanada yuksakka ko‘tarilishi kafolati demak.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi va"O‘zmilliybank" AJ ko‘magida respublikamizning istiqbolli yosh tennischilari uchun Serbiyada o‘quv-mashg‘ulotlari tashkil etildi.
E’tiborli jihati, mazkur mashg‘ulotlar "Elite" xalqaro tennis akademiyasida o‘tkazilmoqda. Bu esa, o‘znavbatida tennischilarimizning tajribali mutaxassislar rahnamoligida ko‘nikma hamda mahoratlarini oshirishga samarali xizmat qiladi.
"Elite" xalqaro tennis akademiyasida amaliyot o‘tash mamlakatimiz terma jamoasining bo‘lajak a’zolari – yosh avlod tennischilarining keyingi Osiyo va Olimpiya o‘yinlari hamda boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok yetish uchun o‘yin mahorati darajasini oshirishga yordam beradi.
O‘TF huzuridagi Tennis kengashi tomonidan o‘tkazilgan saralash natijalariga ko‘ra, ayni paytda Federatsiya Bosh kotibi Iroda To‘laganova boshchiligidagi 6 nafar o‘g‘il va 4 nafar qiz boladan iborat jamoa Serbiyaga jo‘nab ketdi.
"Elite" tennis akademiyasida o‘quv-mashq jarayoni ikki bosqichda o‘tkazilishi rejalashtirilgan:
- 2024-yil noyabr-dekabr oylarida;
- 2025-yil yanvar-fevral oylarida.
"O‘zmilliybank"AJ ushbu muhim loyihani qo‘llab-quvvatlaydi hamda tennischilarimizgai shonch bildiradi.
Umid qilamizki, akademiyadagi o‘quv mashg‘ulotlaridan olingan tajriba sportchilarimizni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi va ularning yuqori natijalarni qo‘lga kiritishining kafolatiga aylanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110518 | Инструменты