Ozarbayjon havo yoʻllari (AZAL) samolyotining Aqtau yaqinida qulashi oqibatida jabrlangan 12 nafar Ozarbayjon fuqarosi ikki reysda Bokuga yetkaziladi, deb xabar bermoqda Trend axborot agentligi.
Vaziyatlari qoniqarli deb baholangan yetti nafar yo‘lovchi muntazam reys bilan Bokuga jo‘natiladi, ahvoli o‘rtacha bo‘lgan yana besh kishi Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus hay’ati tomonidan tibbiy brigada hamrohligida evakuatsiya qilinadi”, — deyiladi xabarda. Bu haqda agentlik ma'lumotli manbaga tayangan holda qayd etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122704 | Инструменты