Huawei 1
O‘zbekistonda 2022 yil uchun zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining 2022 yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, fitr sadaqasi quyidagi to‘rt narsaning qiymati barobarida chiqariladi.

2022 yil uchun fitr sadaqasining miqdori:

- 2 kilogramm bug‘doy 10 000 (o‘n ming) so‘m;

- 4 kilogramm arpa 16 000 (o‘n olti ming) so‘m;

- 2 kilogramm mayiz 100 000 (yuz ming) so‘m;

- 4 kilogramm xurmo 160 000 (bir yuz oltmish ming) so‘m deb belgilandi.

"Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya qiladi, deyiladi xabarda. Mazkur narxlar Toshkent shahridagi narxlarga asosan belgilangan, har bir viloyat o‘z bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi", deyiladi idora xabarida.

Bu yilgi fidya miqdori bir kun uchun 25 ming so‘m, bir oyga esa, 750 ming so‘m etib belgilandi. Fidya miqdori — bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati miqdori hisoblanadi.

Qayd etilishicha, zakot nisobi 34 million so‘m etib belgilangan. Shuningdek, undan ortiq mablag‘ga ega bo‘lgan kishi, umumiy miqdorning qirqdan birini zakot niyatida kambag‘al va faqirlarg berishi aytilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122519 | Инструменты