Huawei 1
O‘zbekistonda 2024-yili qancha shisha chiqindi qayta ishlangani ma'lum bo'ldi

Hisob-kitoblarga ko‘ra, O'zbekistonda yiliga 408 ming tonna shisha chiqindi hosil bo’ladi. Bu chiqindilar qattiq maishiy chiqindilarning (10,2 mln tonna) morfologik tarkibidan 4 foizini tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, 2024-yilda respublikamizda 14 ta korxona tomonidan 37,3 ming tonna shisha chiqindi qayta ishlangan (ushbu turdagi chiqindilarning 9 foizi).

Shisha chiqindilarga eski stakanlar, shisha idishlar, oynalar va boshqa shisha mahsulotlari kiradi. Shisha tabiatan qayta ishlanishi oson materiallardan biri hisoblanadi, chunki u juda uzoq vaqt davomida degradatsiyaga (chirib yo'q bo'lish holati) uchramaydi. Shisha chiqindilar yig'ilganda atrof-muhitga zarar yetkazishi bilan bir qatorda,  1000 yildan ortiq vaqt davomida yerda parchalanmasdan qoladi.

Shisha chiqindilarni qayta ishlash jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:

Ajratish: shisha chiqindilar boshqa chiqindilardan ajratiladi.

Yuvish: shisha mahsulotlari yuvilib, tozalanganidan keyin qayta ishlashga tayyorlanadi.

Boshqa materiallar bilan aralashtirish: shishani qayta ishlash uchun boshqa xomashyo (masalan, yangi qum) bilan aralashtiriladi.

Qayta eritish: shisha eritilib, yangi shakllar (yangi shisha idishlar yoki qurilish materiallari) yaratiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21117 | Инструменты