Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-fevral oyida 13 276 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
— savdo sohasida – 4 792 ta
— sanoat sohasida – 2 081 ta
— qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 1 140 ta
— yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 1 121 ta
— qurilish sohasida – 675 ta
— axborot va aloqa sohasida – 563 ta
— tashish va saqlash sohasida – 448 ta
— sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 262 ta
— boshqa sohalarda – 2 194 ta
Alpha version: 0.9.1.19 build 122421 | Инструменты