O‘zbekistonda 25-mart — “Yer soati” kuni munosabati bilan maxsus aksiya o‘tkaziladi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, shu kuni Yer sayyorasiga g‘amxo‘rlik qilish, tabiiy resurslarni asrash maqsadida barcha davlat tashkilotlarida elektr jihozlari bir soatga o‘chiriladi.
“Sizni ushbu aksiyada ishtirok etishga va atigi 60 daqiqaga elektrni o‘chirishga taklif qilamiz. Bu bilan siz Yerning tabiiy boyliklarini asrab-avaylashga o‘z hissangizni qo‘shasiz va boshqalarni ham sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilishga ruhlantirasiz”, – deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122422 | Инструменты