Huawei 1
O’zbekistonda 3-dekabr uchun ob-havo ma’lumoti

O'zgidromet xabariga ko'ra, bugun 3-dekabr kuni Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi.Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2-4 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida yog’ingarchilik kutilmaydi.Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq; Ustyurtdа kechasi 10-15° sovuq bo’ladi.

Buxoro va Navoiyda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin.Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 0-5° iliq, Navoiy viloyatining shimolida  kechasi 2-7°sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo’ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin.Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda ham yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin.Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo’ladi.

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin.Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.

Respublikaning tog'li hududlarida ba’zi joylarda qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo’ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22105 | Инструменты