Joriy yilning I-choragi davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 2,03 trln so‘mdan ziyod majburiy to‘lovlar (voyaga yetmagan bolalar uchun aliment, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan talablar, kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlik to‘lovlari va boshqalar) ni undirish haqida 299 384 ta sud buyrug‘i chiqarildi.
Shuningdek, 142 185 ta fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, ularning 115 148 tasi bo‘yicha talablar qanoatlantirilgan, 10 662 tasi bo‘yicha talablarni qanoatlantirishdan rad qilingan, 14 696 tasi bo‘yicha daʼvolar ko‘rmasdan qoldirilgan, 1 679 tasi bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.
Fuqarolik ish (sud buyruqlaridan)lardan 186 151 tasi kredit qarzini undirish, 62 375 tasi soliq qarzini undirish, 43 243 tasi kommunal qarzlarini undirish, 19 313 tasi aliment undirish hamda 17 131 tasi nikohdan ajratish bilan bog‘liq va boshqa toifadagi ishlarni tashkil qiladi.
Nikohdan ajratishga oid ko‘rilgan ishlar tahliliga ko‘ra, ko‘rib tamomlangan ishlarning 9 063 tasi bo‘yicha daʼvo talablari qanoatlantirilgan (nikohlar bekor qilingan), 6 010 tasi bo‘yicha daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilgan (nikohlar bekor qilinmagan), 1 481 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda 577 ta daʼvo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.
Ishga tiklashga doir ko‘rib tamomlangan 717 ta ishning 316 tasi bo‘yicha daʼvo talablari qanoatlantirilgan, 275 tasi bo‘yicha daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilgan, 160 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda 20 ta daʼvo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.
Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hayʼatlari tomonidan apellyatsiya tartibida 2 983 ta ish ko‘rib chiqildi. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 560 ta qaror bekor qilinib, 194 ta sud qarori o‘zgartirildi. Kassatsiya tartibida 2 033 ta ish ko‘rib chiqildi. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 395 ta qaror bekor qilinib, 166 ta sud qarori o‘zgartirildi. Taftish tartibida 1 326 ta ish ko‘rib chiqildi. Quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 132 ta qaror bekor qilinib, 27 ta sud qarori o‘zgartirildi.
Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati tomonidan taftish tartibida 78 ta ish ko‘rib chiqildi. Quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 39 ta qaror bekor qilinib, 11 ta sud qarori o‘zgartirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50117 | Инструменты