Huawei 1
O‘zbekistonda 3 yoshgacha farzandi bo‘lgan kollej va texnikumlar o‘quvchi-qizlariga masofaviy o‘qish imkoniyati yaratiladi

Vazirlar Mahkamasining “Kollej va texnikumlarda kasb va mutaxassislik egallash istagida bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.

Unga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb va mutaxassisliklarda o‘qiydigan 3 yoshgacha farzandi bo‘lgan o‘quvchi-qizlarga, ularning murojaati asosida masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladigan kasb va mutaxassisliklar ro‘yxatini tasdiqlaydi.

Shuningdek, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb va mutaxassisliklarda o‘qish istagida bo‘lgan xotin-qizlar to‘liq davlat granti asosida ta’lim oladi hamda ularning xarajatlari to‘liq davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatga ko‘ra 2023-yilda tizimda professional ta’lim muassasalariga ajratilgan mablag‘lar doirasida 2024-yildan boshlab davlat budjeti parametrlarida alohida mablag‘lar ajratilishini ta’minlaydi.

Ushbu hujjat loyihasi muhokamasi 4-avgustgacha davom etadi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20715 | Инструменты