Huawei 1
O‘zbekistonda 300 nafar bola bir yoshga to‘lmasdan vafot etgan

O‘zbekistonda chaqaloqlar o‘limi ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Ushbu tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda chaqaloqlar o‘limi darajasi tendensiyalarini hamda chaqaloqlar o‘limi xavfi bilan bog‘liq asosiy omillarni aniqlashdan iborat edi.

UNICEF taʼrifiga ko‘ra, chaqaloqlar o‘limi – bu maʼlum bir davrda tug‘ilgan bolaning ushbu davrdagi yoshga oid o‘lim koeffitsiyentlarini hisobga olgan holda, har 1 000 ta tug‘ilish bo‘yicha 1 yoshga to‘lmasdan vafot etish ehtimolidir.

Tadqiqot umummilliy xususiyatga ega bo‘lib, 9064 ta tug‘ilish haqidagi maʼlumotlarni o‘z ichiga oldi, bunda 300 nafar bola bir yoshga to‘lmasdan vafot etgan.

Maʼlumotlarga ko‘ra, egizak tug‘ilgan bir yoshgacha bo‘lgan bolaning o‘lim xavfi 6,05 foizga yuqori.

Chaqaloqlar o‘limini aniqlovchi navbatdagi omil bolaning tug‘ilish tartibi edi. Tartib bo‘yicha ikkinchi va uchinchi tug‘ilgan bolalarda xavf 1,04 foizga, to‘rtinchi va undan keyin tug‘ilgan bolalarda esa onalari birinchi marta tug‘ayotgan bolalarga nisbatan 2,22 foizga yuqori bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42006 | Инструменты