Huawei 1
O‘zbekistonda 5 ballik geomagnit bo‘ronining ta’siri sezilmoqda

O‘zbekiston hududida 25-noyabr kuni tongi soat 9:00 dan boshlab 5 ballik geomagnit bo‘roni qo‘zg‘alishining ta’siri sezilmoqda. Bu haqda Olmaota ionasfera instituti ma’lumotlariga tayanib, o‘zbekistonlik gidrometeorolog Erkin Abdulahatov xabar qildi.

Ma'lum qilinishicha, 10 ballik shkaladan 5 ballik geomagnit bo‘roni – o‘rtacha sezilarli xavfga ega qo‘zg‘alish bo‘lib, bu 30 yoshdan yuqori aholi qatlamiga fiziologik va psixologik ta’sir ko‘rsatadi.

Bu ta’sirlar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

  • bosh og‘rishi, peshona va orqa miya qismda tirishish;
  • arterial qon bosimidagi o‘zgarishlar;
  • apatiya.

Shifokorlar bunday paytda jismoniy zo‘riqishlardan qochish, ko‘proq dam olish, ortiqcha ovqatlanmaslik, spirtli ichimliklar ichishdan tiyilishni tavsiya etishadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90501 | Инструменты