Huawei 1
O‘zbekistonda apelsin narxi arzonlashdi

So‘nggi oy davomida O‘zbekistonda apelsinning ulgurji narxi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ancha arzon, deya xabar berdi EastFruit.

Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, apelsinning joriy ulgurji narxi taqqoslangan mamlakatlar orasida eng past hisoblanadi.

Ayniqsa, keyingi haftalarda mahsulot narxi tushishda davom etdi va so‘nggi bir oy ichida O‘zbekistonda apelsin narxi 1,8 baravarga kamayib, 10-noyabrdan 8-dekabrgacha o‘rtacha ulgurji narxi 1 kilogrammi uchun 23 ming so‘mdan 13 ming so‘mgacha arzonlashgan.

2023-yil 8-dekabr holatiga ko‘ra, apelsinning o‘rtacha ulgurji narxi 2021-2022-yillarning xuddi shu sanasiga nisbatan uchdan biriga past va 2019 yilning shu sanasiga nisbatan deyarli chorak baravar arzonroq.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda apelsinning joriy ulgurji narxlari EastFruit tahlilchilari meva-sabzavot ulgurji narxlarini haftalik monitoring qilib boradigan davlatlar orasida ham eng hamyonbopi hisoblanadi. Ro‘yxatda faqat Gruziya mazkur mahsulotning ishlab chiqaruvchisi bo‘lgani uchun istisnodir.

8-dekabr holatiga ko‘ra, ushbu mamlakatlarda apelsinning o‘rtacha ulgurji narxi quyidagicha: O‘zbekiston – 1,06 dollar, Moldova – 1,24 dollar, Rossiya – 1,35 dollar, Polsha – 1,37 dollar, Tojikiston – 1,46 dollar, Ukraina – 1,80 dollar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42002 | Инструменты