AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi rahbariyati, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida bachadon bo‘yni saratoni kasalligini oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlar, ko‘rilayotgan tezkor choralar haqida maʼlumot berildi.
Qayd etilishicha, “Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti hamda Janubiy Koreyaning KOFIH fondi o‘rtasida tuzilgan hamkorlikdagi Memorandum asosida Toshkent shahrida 5 ta, Andijon viloyatida 2 ta, Samarqand viloyatining 4 ta oilaviy poliklinikalarda 30-49 yoshli ayollar orasida bepul skrining o‘tkazildi.
Skriningdan o‘tkazilgan jami 44258 nafar ayolning 338 nafarida bachadon bo‘yni saraton oldi kasalliklari aniqlandi.
JSST ayollarga bachadon bo‘yni saratoniga chalinmasliklari uchun 25-49 yosh davrlarida har 3 yilda, 50-64 yosh davrlarida esa har 5 yilda skrining tekshiruvlaridan o‘tib turishlarini tavsiya etadi.
Qizlarni kelajakda bachadon bo‘yni saratoni kasalligidan saqlash uchun esa ularni 9-14 yosh davrida odam papilloma virusiga qarshi emlash tavsiya etiladi.
Odam papilloma viruslariga qarshi emlash orqali bachadon bo‘yi saratoniga chalinishni 90% holatlarda oldini olishga erishiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122119 | Инструменты