O‘zbekistonda bankomatlarning komissiya to‘lovi oshdimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʼzsanoatqurilishbank” АTBga tegishli bankomatlarda naqd pul yechilganda komissiyalar miqdori oshirilgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Bank axborot xizmatining maʼlum qilishicha, “Oʼzsanoatqurilishbank” ATBda mahalliy (UzCard, Humo) kartalaridan naqd pul berish summadan 1 foizni, xalqaro toʼlov kartalaridan (shu jumladan, kobeydjing bank kartalari) naqd pul berish summadan 1,5 foizni tashkil etadi.

Ushbu tariflar “Oʼzsanoatqurilishbank” АTBning 2023-yil 26-avgustdagi Boshqaruv qarori bilan tasdiqlangan boʼlib, bugungi kunda komissiya miqdorini oshirish boʼyicha hech qanday qaror qabul qilinmagan.

Aksincha, hozirgi paytda “Oʼzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan ish haqi loyihasi doirasida chiqarilgan xalqaro kartalardan bankning oʼz protsessing markaziga ulangan bankomatlar orqali naqd pul yechish summadan 0,4 foizni tashkil qilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72709 | Инструменты