Huawei 2
O‘zbekistonda bir oyda salkam 60 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya”, Bosh prokuratura va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda aprel oyida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 539 ta holatda isteʼmolchilarning tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.

Bunda 39 mlrd 518 mln soʻmlik elektr energiyasi (41 mln 241 ming kilovatt⋅soat) va 19 mlrd 328 mln so‘mlik tabiiy gaz (12 mln 883 ming metr kub) talon-toroj qilinishi natijasida davlat manfaatlariga keltirilgan jami 58 mlrd 846 mln soʻmlik zarar undirishga qaratildi.

Noqonuniy foydalanish holatlarining eng koʻpi — Samarqand, Toshkent va Andijon viloyatlari hissasiga toʻgʻri keladi.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga