O‘zbekistonda 2024-yilning 1-yanvaridan boshlab bozorlar va savdo komplekslariga tegishli bino va inshootlar majburiy sug‘urtalanadi.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha, endilikda bozor va savdo komplekslariga tegishli bino hamda inshootlarni yong‘in hamda boshqa xatarlardan, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining mulkini yong‘in va tabiiy ofat oqibatida yetkaziladigan zarardan himoya qilish maqsadida ularni majburiy sug‘urtalash tartibi joriy etiladi.
Eslatib o'tamiz, avgustning boshida Namangandagi Chortoq dehqon bozorida yirik yong‘in sodir bo‘lgandi. Shuningdek, Xivadagi bozorda yirik yong‘in chiqqan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20714 | Инструменты