Huawei 1
O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni 2 ming kishiga oshmoqda

Statistika agentligining ma’lum qilishicha, joriy yilning 1-aprel holatiga ko‘ra respublikaning doimiy aholisi 36 197 781 kishini tashkil etgan.

Mamlakat aholisi 2023-yil boshidan buyon 172,8 ming kishiga ko‘paygan. Bu o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 foizga ko‘p.

Aholi soni 2023-yilning har bir oyida o‘rtacha 57,6 ming kishiga, har bir kunida esa o‘rtacha 1,9 ming kishiga ko‘paymoqda.

1-aprel holatiga ko‘ra:

Shahar aholisi — 18 mln 459 ming 763 kishi;
- Qishloq aholisi — 17 mln 738 ming 18 kishi.

Hozirgi kunda doimiy aholi soni 36 mln 197 ming 781 kishini tashkil etmoqda. 

Ulardan:

- Ayollar — 17 mln 981 ming 152 nafar;
- Erkaklar — 18 mln 216 ming 629 nafar.

Doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 235 477 nafarga ko‘p.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42002 | Инструменты