Soliq qo'mitasining xabariga ko'ra, O‘zbekistonda 576 ming yuridik shaxs va 245 ming nafardan ortiq yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda.
Qayd etilishicha, yil boshidan boshlab:
— 78 mingdan ortiq yuridik shaxs,
— 81 mingdan ortiq yakka tartibdagi tadbirkor ro'yxatdan o‘tgan.
Yuridik shaxslarning TOP-3 faoliyat yo'nalishi:
— savdo;
— qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi;
— sanoat.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning TOP-3 faoliyat yo'nalishi:
— chakana savdo;
— hunarmandchilik;
— maishiy xizmat.
Avvalroq joriy yilning 9 oyida ishlab chiqarish, qurilish, savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi tashkilotlar tomonidan 66 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langani haqida xabar berilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42006 | Инструменты