Huawei 1
O‘zbekistonda "faxriy donor" ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga qator imtiyozlar beriladi

Prezident qarori bilan respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyati takomillashtiriladi va aholi orasida beg‘araz donorlik harakati rivojlantiriladi. 

Qaror bilan 2023-yil 1-yanvardan boshlab:

"O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga biryo‘la beriladigan pul mukofoti summasi BHMning 5 baravaridan 15 baravarigacha oshiriladi;

Shuningdek, ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga quyidagi huquqlar beriladi:

- ular uchun qulay bo‘lgan vaqtda yillik asosiy mehnat ta’tiliga chiqish;
- shahar jamoat transportining barcha turlaridan (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish;
- davlat sanatoriy-kurortlarida davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish;
- doimiy (yiliga kamida 3 marta qon topshiruvchi) donorlar va ularning yaqin qarindoshlari stasionar davolanish jarayonida, zarurat tug‘ilganda, qon va uning tarkibiy qismlari bilan bepul ta’minlanadi;
- donorlarni bepul ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning qiymati respublika bo‘yicha bir xil – mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3 foizi miqdorida belgilanadi;
- immun donorlarga o‘tkazilgan immunizatsiya va topshirilgan plazmasi uchun haq to‘lash miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining oshirilishi darajasi doirasida mutanosib ravishda indeksatsiya qilib boriladi;
- shoshilinch holatlarda donor qonining tarkibiy qismlarini tashish uchun tez tibbiy yordam xizmatidan foydalanishga ruxsat beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50908 | Инструменты