Huawei 1
O‘zbekistonda Germaniyaning Anhalt universiteti filiali ochilishi mumkin

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Anhalt amaliy fanlar universiteti Muhandislik va axborot texnologiyalari markazi rahbari prof. Eduard Simensni qabul qildi. Unda O‘zbekistonda Germaniyaning Anhalt universiteti filialini ochish va qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

Dastlab tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Germaniya kanslerining Samarqandda o‘tgan uchrashuvida ilgari surilgan tashabbuslar bo‘yicha fikr almashdilar.

O‘zbekiston Prezidenti Germaniya kansleri Olaf Shols bilan o‘tgan oliy darajali uchrashuvda oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish, bunda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimiga yuqori nemis standartlarini joriy etish taklifi bildirilgani qayd etildi.

Shunday ekan, endi siz va men hamkorligimizni davom ettirish uchun yaxshi zaminga egamiz. Shu munosabat bilan biz Anhalt universitetining O‘zbekiston universitetlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yishga tayyormiz, – dedi prof. Eduard Simens.

Germaniya tomoni qo‘shma dasturlarni yaratish uchun Elektrotexnika va axborot texnologiyalari, Amaliy informatika – sun’iy intellekt, Xalqaro biznes bakalavriat dasturlarini taklif qildi.

Shuningdek, muloqot davomida O‘zbekistonda Anhalt universitetining to‘laqonli filialini ochish boyicha fikr almashildi. Uning o‘quv, uslubiy va ma’muriy masalalarni hal qilishda vazirlik har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligi bildirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92315 | Инструменты