Huawei 1
Olmaliqda suvdan zaharlangan o‘quvchilarning 7 nafari shifoxonadan chiqarildi

Avvalroq, Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan ixtisoslashtirilgan Buxoro maktabida o‘quvchilar suvdan zaharlangani haqida xabar berilgandi. Maktab o‘quvchilarining sog‘lig‘i ijobiy bo‘lib, ularning 7 nafariga uyida davolanishga javob berildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘quvchilar maktab hududidagi filtrlanmagan suvdan iste’mol qilishi oqibatida sog‘lig‘idan shikoyat qilib, joriy yilning 15 sentyabrdan 19 sentyabrga qadar 12 nafar o‘quvchi o‘tkir ichak kasalligiga gumon qilinib, yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilgan. Hozirda maktab o‘quvchilarining sog‘lig‘i ijobiy bo‘lib, ularning 7 nafariga uyida davolanishga javob berilgan.

Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tekshirish ishlari olib borilib, suvdan, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa vositalardan kimyoviy tahlil uchun namunalar olingan. 

Hozirda holat yuzasidan Olmaliq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, qo‘shimcha axborot berilishi ta’kidlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92317 | Инструменты