O‘zbekistonda ICESCO bilan birgalikda ta’lim yo‘nalishiga doir xalqaro konferensiya o‘tkazish masalalari muhokama qilindi

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova London shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ta'lim forumi doirasida ICESCO (Ta’lim, fan va madaniyat bo'yicha Islom tashkiloti) bosh direktori Salim al Malik bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Salim al Malik O‘zbekistondagi ta’lim islohotlari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tar ekan, bu borada mamlakat rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida so‘z yuritdi. 

Uchrashuv davomida tomonlar istiqboldagi hamkorlik, xususan O‘zbekistonda ICESCO bilan birgalikda ta’lim yo‘nalishiga doir xalqaro konferensiya o‘tkazish masalalarini muhokama qilishdi. 

Shuningdek, butunjahon ta’lim forumi doirasida Hilola Umarova Buyuk Britaniya Parlamenti Davlat kotibi o‘rinbosari — Erta yoshdagi bolalar ta’limi vaziri Stiven Jeyms Morgan bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Stiven Morgan maktabgacha ta’lim yo‘nalishida Buyuk Britaniya tajribasi haqida so‘z yuritdi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlik va ikki tomonlama tajriba almashish masalalarini muhokama qilishdi.

Bundan tashqari, o‘zaro muloqot davomida bolalarni sog‘lom ovqatlashtirish yo‘nalishidagi ishlar, istiqboldagi rejalar haqida ham fikr almashildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты