O‘zbekistonda ilk bor Texnologik metallar oliy maktabi tashkil etildi

Mazkur oliy maktab O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) tomonidan tashkil etildi. Oliy maktabning bakalavriat dasturida taʼlim jarayonlari Italiyaning nufuzli Piza universiteti bilan hamkorlikda olib boriladi. 

Dars jarayonlari ingliz tilida, eng muhimi taʼlim faqat auditoriyada emas, balki TMKning real ishlab chiqarish korxonalarida bo‘ladi. 

Oliy maktabning yana bir maqsadi kritik minerallar yo‘nalishidagi magistratura dasturidir. Xitoyning Geofanlar universiteti bilan birgalikda yo‘lga qo‘yilgan bu loyiha xalqaro darajada geologiya, izlanish va razvedka sohalarida mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. 

Taʼlimning ikkinchi bosqichida magistrlar Xitoyda o‘qishni davom ettirishadi. O‘qish jarayoni ingliz tilida olib boriladi, natijada bitiruvchilar ikki davlat diplomiga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati tomonidan bakalavr bosqichi uchun 25 ta grant, magistratura bosqichi uchun 10 ta grant ajratilgan. Oliy maktabni bitirgach esa talabalar TMK tomonidan to‘liq ish bilan taʼminlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты