Huawei 1
O‘zbekistonda ishsizlik darajasi kamaydi

2024-yil 1-iyul holatiga O'zbekiston aholisi 37,2 mln nafarni tashkil etib, ulardan 15 mln 089 ming nafari (41%) iqtisodiy faol yaʼni, mehnat qilishga tayyor aholi hisoblanadi.

Shundan, 14 mln 213 ming nafari (94 foizi) iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilmoqda.

Xususan:

- rasmiy sektorda – 6,8 mln (48%);

- norasmiy sektorda – 5,5 mln (38,8%);

- xorijda ishlayotganlar – 1,9 mln (13,6%).

Bugungi kunda respublika bo‘yicha 876 ming nafar ishga joylashishga muhtoj aholi mavjud (yil boshida 1 024 ming nafar, -148 ming).

Mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi yil boshiga nisbatan 1 foiz punktga yoki 6,8 foizdan 5,8 foizga kamaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110117 | Инструменты