“O‘zgidromet” 1-3-aprel kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 aprelda +0...+5 daraja, 2-3 aprelda +3...+8 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +16...+21 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 2 aprelda Samarqand viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 aprelda +0...+5 daraja, 2-3 aprelda +3...+8 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 2-3 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 aprelda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +19...+24 daraja, 2-3 aprelda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 aprelda +0...+5 daraja, 2-3 aprelda +3...+8 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 2-3 aprelda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 1-2 aprelda qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 aprelda -3...+2 daraja, 2-3 aprelda +0...+5 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112400 | Инструменты